📌 Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati doirasida 2025-yilda «Ekspeditsiyalar, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish» mehmonxona xizmatlari bozorining marketing tadqiqoti o‘tkazildi.
✅ Tadqiqotning maqsadi – mehmonxona sektorini rivojlantirishning joriy va istiqbolli tendensiyalarini aniqlash, shuningdek, potensial mijozning profilini shakllantirishdan iborat.
Ish jarayonida:
✅ statistik ma’lumotlar, tarmoq hisobotlari va tahliliy sharhlar tahlil qilindi;
✅ mijozlarning fikr-mulohazalari (ijtimoiy tarmoqlar, bandlov saytlari, messenjerlar) o‘rganildi;
✅ soha mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazildi;
✅ asosiy ishtirokchilarning bozor takliflari, narx siyosati, xizmatlari va marketing strategiyalari o‘rganildi.
🔝 Natijalar: joriy va kutilayotgan tendensiyalar, mijozlar xulq-atvoridagi o‘zgarishlar, yangi ehtiyojlar va segmentlar aniqlandi. Mehmonxonalarni joylashtirish, xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va marketing kommunikatsiyalarini moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tahliliy material tayyorlandi (ilova qilinadi).
🧳 Tadqiqot doirasida «Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil» jurnalida «O‘zbekistonda mehmonxona sektorining asosiy ko‘rsatkichlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili» ilmiy maqola chop etildi.
🔗 Maqolani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin https://sci-p.uz/index.php/eitt/article/view/3189.

No comment