🔹Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti sizni 2025-yil 10-12-noyabr kunlari «XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so‘nggi amaliyotlar” III Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

🔹Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-335-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu qaror O‘zbekistonda tibbiy turizmni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, «yashil» texnologiyalarni joriy etish va tibbiy xizmatlarning barqaror modellarini shakllantirishga qaratilgan.

🔹O‘TKAZILISH JOYI: MGIMO-Toshkent (Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47).

🔹KONFERENSIYANING ASOSIY MAQSADLARI:
➢ Ilmiy, tibbiy va turistik hamjamiyatlarni birlashtirish;
➢ Tibbiyot turizmining barqaror rivojlanishidagi muammolar va istiqbollarni muhokama qilish;
➢ Ilg‘or ilmiy va amaliy bilimlar almashish;
➢ O‘zbekistonni xalqaro darajadagi tibbiyot turizmi markazi sifatida qo‘llab-quvvatlash.

🔹TASHKILOTCHILAR:
➢ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi;
➢ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
➢ MGIMO Toshkent filiali.

🔹KONFERENSIYA HAMKORLARI:
➢ Toshkent viloyati hokimligi;
➢ Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
➢ Alfraganus universiteti;
➢ Qo‘qon universiteti;
➢ Qarshi davlat universiteti;
➢ Tojikiston tadbirkorlik va turizm xalqaro universiteti;
➢ EMU University;
➢ Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi davlat muassasasi;
➢ “Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi” yuridik shaxslarining birlashmasi;
➢ «Science & Innovation» ilmiy jurnali.

🔹Tadbirda taqiqotchilar, yosh olimlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, tibbiyot muassasalari, turizm tashkilotlari, hokimiyat organlari vakillari, shuningdek, ixtisoslik yo‘nalishlari talabalari taklif etiladi.

🔹KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

🔹KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  1. Tibbiyot turizmi: innovatsiyalar va trendlar
    • Tibbiy turizmni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektning o‘rni;
    • Tibbiy muolajalar va tashxislashda texologiyalarni rivojlantirish;
    • Shaxsiylashtirilgan tibbiyot va uning tibbiy turizmdagi o‘rni;
    • Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish va teletibbiyot.
  2. Sog‘lomlashtirish turizmi va kasalliklarning oldini olish
    • Kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan kurortlar va markazlar;
    • Sog‘lomlashtirishning terapevtik usullari: an’anaviydan tortib yuqori texnologiyalargacha;
    • Sog‘lomlashtirishda fitnes va doimiy dam olishning roli;
    • Wellness-turizmining zamonaviy yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari;
    • Keksalar uchun mo‘ljallangan tibbiy turizm.
  3. Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmida ekologik yondashuv
    • Ekoturizm – tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmining bir qismi sifatida;
    • Sanoatdagi barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat;
    • Ekologiya va tabiiy omillarning inson salomatligiga ta’siri;
    • Ekologik toza kurortlar va sanatoriyalar yaratish.
  4. Tibbiyot turizmi uchun ta’lim va kadrlar
    • Tibbiyot turizmi sohasi mutaxassislari uchun ta’lim dasturlari;
    • Ekologiya va salomatlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
    • Turizm va tibbiyot sohalaridagi xodimlar uchun professional tayyorgarlik talablari.

🔹KONFERENSIYA DOIRASIDAGI KO‘RGAZMA: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tibbiyot turizmi sohasida innovatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, klinikalar, sanatoriylar va kompaniyalar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazmaning maqsadi — tibbiy turizm sohasidagi zamonaviy yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga ko‘maklashishdan iborat.

 

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *