Rossiya Federatsiyasidagi HSE Milliy tadqiqot universitetining Dizayn maktabi, Kreativ industriyalar rivojlanish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “HSE Creative Open” mukofoti doirasida “Zamonaviy dizayndagi O‘zbekiston madaniyati” nomli maxsus nominatsiyani ishga tushirmoqda

🔸Tanlovning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosi asosida zamonaviy dizayn sohasidagi dolzarb yechimlarni yig‘ish, uning jahon miqyosidagi ahamiyatini ta’kidlash hamda O‘zbekistonning turistik salohiyatini ochib berishdagi rolini ko‘rsatishdir.

🔸Diqqat: Tanlovda istalgan oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish bepul.

O‘zbekiston Respublikasining boy madaniy merosidan ilhomlanib loyiha yarating. An’anaviy hunarmandchilik, musiqa va raqs amaliyotlari, og‘zaki xalq ijodi, urf-odatlar hamda bayramlar kabi nomoddiy madaniy meros unsurlarini o‘rganing.

🔸Loyihangiz mamlakatning turistik salohiyatini ochib berishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligiga alohida e’tibor qarating.

🔸Tanlov sovrinlari:
🥇 1-o‘rin — 10 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 7 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 5 million so‘m

🔸Tanlov bosqichlari:
— Ishlar joriy yilning 15-noyabr sanasigacha qabul qilinadi.
— G‘oliblar 27-noyabr kuni e’lon qilinadi.

🔸Ariza yuborish va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://hsedesign.ru/competition/1266c4e3c12d499faafafd310e4d31ff

🔸Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul xodimi: Hoshimov Shohrux G‘ulomovich, ma’lumot uchun telefon: +99890 630-36-00.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan