Mazkur ma’ruzada zamonaviy 3D modellashtirish texnologiyalari orqali ziyoratgohlar hududlarini raqamli tahlil qilish, ekologik yuklama darajasini aniqlash hamda barqaror boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari yoritib beriladi. Ayniqsa, Buxoro ziyorat maskanlari misolida innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar taqdim etilishi kutilmoqda.
📍O‘tkazilish joyi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28).
🗓 Sana va vaqt: 2026-yil 31-mart, 10:00 – 13:00
✔️ Agar siz turizmni shunchaki sayohat emas, balki ilm, texnologiya va barqaror rivojlanish kesishgan nuqta deb bilsangiz — bu chiqish siz uchun ayni muddao.

No comment