Ilmiy-tadqiqot faoliyatini turizm sohasida amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-amaliy ishlab chiqishlarni muvofiqlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

  • Turizm sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va izlanishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;

  • Turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda;

  • Xalqaro tajriba va global tendentsiyalarni doimiy ravishda o‘rganib boradi, natijalariga ko‘ra ilg‘or tajribalarni turizm tizimida joriy etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar beradi;

  • Ilmiy ishlar va tadqiqot guruhlarining ilmiy asarlarini nashr etish, o‘zining nashriyot faoliyatini amalga oshiradi;

  • Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, turizm sohasidagi ilm-fan va texnika yutuqlarini umumlashtirish va qo‘llashga ko‘maklashadi;

  • Muhim fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar, assotsiatsiyalar va boshqa tashkilotlarni tashkil etadi;

  • Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy tadqiqotlar va loyihalar bo‘yicha ekspertizalarni amalga oshiradi va ekspert xulosalarini tasdiqlaydi;

  • Turizm tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mos keladigan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ro‘yxatini tasdiqlashda ishtirok etadi;

  • Xalqaro ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi, ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, stajirovkalar va turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlashni tashkil etadi;

  • Innovatsion g‘oyalar va istiqbolli tendentsiyalarni yaratadigan iqtidorli olimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratadi;

  • Ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy daraja olish uchun ariza berganlar, yosh olimlar va doktorantlar uchun dissertatsiyalar va ilmiy maqolalarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar uchun kerakli manbalarni izlash, tanlash va ko‘rib chiqish bo‘yicha ilmiy-konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi;

  • Turizm sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, innovatsion loyihalar bo‘yicha yagona bazani olib boradi;

b) Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish:

  • Xalqaro tajriba va ta’lim maktablarini doimiy o‘rganib boradi, natijalariga ko‘ra turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashda ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • Chet el tajribasiga asoslangan holda turizm sohasidagi oliy va kasbiy ta’limni tizimli modernizatsiya qilishda ishtirok etadi, ta’lim uslublari, modellari va texnologiyalarini takomillashtiradi;

  • Ilmiy va pedagogik maktablar, sektorli malakalar bo‘yicha kengashlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;

  • Turizm sohasida kasbiy va ta’lim standartlarini ishlab chiqishda, shuningdek, tegishli kasbiy standartlar asosida kasbiy malakalar tizimini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etadi;

  • Ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, samarali shakllarni (aralash, masofaviy, individual ta’lim, «ustoz-shogird») va boshqa o‘qitish usullarini joriy etadi;

  • Kompetensiyalarni baholashning vositalarini ishlab chiqadi va algoritmlarni joriy etadi;

  • O‘quv-uslubiy ishlar sifatini oshirish uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik tavsiyalarni yaratishda ko‘maklashadi;

  • Ta’lim muassasalarining axborot ta’minotini, axborot tarmoqlari, ma’lumotlar bazalari, dasturlarni yaratish, rivojlantirish va qo‘llashni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Kutubxona markazini tashkil etadi va uni kasbiy mutaxassislashtirilgan va boshqa adabiyotlar bilan doimiy ravishda to‘ldirib boradi;

c) Turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish:

  • Turizm sohasidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganadi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini rejalashtiradi va prognoz qiladi;

  • Xalqaro tajriba va ta’lim maktablarini doimiy o‘rganib boradi, natijalariga ko‘ra qayta tayyorlash va malaka oshirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • Manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish rejalari va jadvalini tasdiqlashni ta’minlaydi;

  • Turizm sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, shu jumladan rahbarlar, mutaxassislar va Davlat turizm qo‘mitasi tizimi xodimlarini, professor-o‘qituvchilar va trenerlarni milliy va xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda o‘tkazadi;

  • Qayta tayyorlash va malaka oshirishni o‘tgan kadrlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi va qo‘llab-quvvatlaydi;

  • Turizm sohasidagi sub’ektlarga metodik yordam ko‘rsatadi va amaliy yordam beradi;

  • Distant o‘qitish, onlayn va mustaqil o‘qitish usullari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun moslashgan o‘quv va metodik resurslarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;

  • Turizm sohasidagi sub’ektlar uchun stajirovkalar, maqsadli va qisqa muddatli kurslar, seminarlar, master-klasslar, workshoplar tashkil etadi;

  • Turizm sohasi xodimlarining mahoratini oshirishga qaratilgan qishki va yozgi biznes maktablarini tashkil etadi;

d) Turizm sohasi xodimlari, gidlar, ekskursovodlar va instruktorlar-peshqadamlar uchun malaka sertifikatlarini berish:

  • Turizm sohasi xodimlari, shu jumladan gidlar, ekskursovodlar va instruktor-peshqadamlarning umumiy va professional kompetensiyalarini baholaydi va malaka sertifikatlarini beradi;

  • Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan gidlar, ekskursovodlar va instruktorlar-peshqadamlarning yagona ro‘yxatini olib boradi.

Institut qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin. Litsenziyalanadigan faoliyatlar Institut tomonidan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.