🔹Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti sizni 2025-yil 10-12-noyabr kunlari «XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so‘nggi amaliyotlar” III Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

🔹Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-335-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu qaror O‘zbekistonda tibbiy turizmni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, «yashil» texnologiyalarni joriy etish va tibbiy xizmatlarning barqaror modellarini shakllantirishga qaratilgan.

🔹O‘TKAZILISH JOYI: MGIMO-Toshkent (Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47).

🔹KONFERENSIYANING ASOSIY MAQSADLARI:
➢ Ilmiy, tibbiy va turistik hamjamiyatlarni birlashtirish;
➢ Tibbiyot turizmining barqaror rivojlanishidagi muammolar va istiqbollarni muhokama qilish;
➢ Ilg‘or ilmiy va amaliy bilimlar almashish;
➢ O‘zbekistonni xalqaro darajadagi tibbiyot turizmi markazi sifatida qo‘llab-quvvatlash.

🔹TASHKILOTCHILAR:
➢ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
➢ O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi;
➢ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;
➢ MGIMO Toshkent filiali.

🔹KONFERENSIYA HAMKORLARI:
➢ Toshkent viloyati hokimligi;
➢ Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
➢ Alfraganus universiteti;
➢ Qo‘qon universiteti;
➢ Qarshi davlat universiteti;
➢ Tojikiston tadbirkorlik va turizm xalqaro universiteti;
➢ EMU University;
➢ Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi davlat muassasasi;
➢ “Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi” yuridik shaxslarining birlashmasi;
➢ «Science & Innovation» ilmiy jurnali.

🔹Tadbirda taqiqotchilar, yosh olimlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, tibbiyot muassasalari, turizm tashkilotlari, hokimiyat organlari vakillari, shuningdek, ixtisoslik yo‘nalishlari talabalari taklif etiladi.

🔹KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  1. Tibbiyot turizmi: innovatsiyalar va trendlar
  • Tibbiy turizmni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektning o‘rni;
  • Tibbiy muolajalar va tashxislashda texnologiyalarni rivojlantirish;
  • Shaxsiylashtirilgan tibbiyot va uning tibbiy turizmdagi o‘rni;
  • Tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish va teletibbiyot.
  1. Sog‘lomlashtirish turizmi va kasalliklarning oldini olish
  • Kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan kurortlar va markazlar;
  • Sog‘lomlashtirishning terapevtik usullari: an’anaviydan tortib yuqori texnologiyalargacha;
  • Sog‘lomlashtirishda fitnes va doimiy dam olishning roli;
  • Wellness-turizmining zamonaviy yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari;
  • Keksalar uchun mo‘ljallangan tibbiy turizm.
  1. Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmida ekologik yondashuv
  • Ekoturizm – tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmining bir qismi sifatida;
  • Sanoatdagi barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat;
  • Ekologiya va tabiiy omillarning inson salomatligiga ta’siri;
  • Ekologik toza kurortlar va sanatoriyalar yaratish.
  1. Tibbiyot turizmi uchun ta’lim va kadrlar
  • Tibbiyot turizmi sohasi mutaxassislari uchun ta’lim dasturlari;
  • Ekologiya va salomatlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
  • Turizm va tibbiyot sohalaridagi xodimlar uchun professional tayyorgarlik talablari.

🔹KONFERENSIYA DOIRASIDAGI KO‘RGAZMA: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tibbiyot turizmi sohasida innovatsion xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, klinikalar, sanatoriylar va kompaniyalar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazmaning maqsadi – tibbiy turizm sohasidagi zamonaviy yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga ko‘maklashishdan iborat.

No comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan