Turizm qo`mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti 2026-yilga kvota asosida stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktorantura (PhD) yonalishlariga hujjatlar qabul qilishni e’lon qiladi!
🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to‘g‘risid”gi qaroriga muvofiq, Turizm qo‘mitasi huzuridagi turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan o‘qish bo‘yicha 2026-yil uchun ajratilgan qabul kvotasi asosida stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

🔹Stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
▫️ma’lumotnoma (obyektivka);
▫️magistr darajasi yoki yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha);
▫️nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
🔹Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun tayanch doktorantura bo‘yicha quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
▫️Ma’lumotnoma (obyektivka);
▫️Magistr darajasi yoki yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha);
▫️Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (kamida 2 ta maqola va 1 ta tezis);
▫️Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat.
🔹Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
*- xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.
🔹Tayanch doktoranturaga talabgorlarni tanlash kirish imtihonlari natijalari, shuningdek qabul komissiyasi xulosasi asosida 25 noyabrga qadar ajratilgan kvotalar asosida amalga oshiriladi.
🔹Hujjatlar 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi!
🔹Bizning manzil: 100077 Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 115A. Murojaat uchun telefon raqamlar: (+99871)268-73-71, (+99871)268-73-68, Faks: (+99871)268-00-25.

No comment