
Онлайн форум «Мост дружбы. Туризм 2021: новые возможности и перспективы»
Hurmatli hamkasblar, do‘stlar!
Sizlarni “Do‘stlik ko‘prigi. Turizm 2021: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi onlayn-forumida ishtirok etishga taklif etamiz.
2021-yilning 25-29-oktabr kunlari “Nudge Ukraine” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti, Turistik gidlar uyushmalari butunjahon federatsiyasi (WFTGA) hamkorligida hamda Ukraina Milliy bioresurslar va tabiatni boshqarish universiteti texnik ko‘magida dunyoning eng yirik xalqaro onlayn forumlaridan biri “Do‘stlik ko‘prigi. Turizm 2021: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” bo‘lib o‘tadi.
Sizlarni turistik xizmatlarini yaxshilash va turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 40 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan xalqaro forumda tinglovchi sifatida ishtirok etishga taklif qilamiz. Forumdan so‘ng har bir ishtirokchiga sertifikat taqdim etiladi.
Quyidagi havola orqali forum haqida ba’tafsil ma’lumot olish mumkin: https://bridgeoffriendship.nudgeukraine.org/
Forumning Facebookdagi sahifasi: https://fb.me/e/2LKYEsos8
Детали мероприятия
- Дата: 2021-10-25 12:00:00 - 2021-10-29 12:00:00
- Взнос:
- Место расположения: