Проект «Совершенствование профессиональных знаний и навыков в сфере гостеприимства»

🇺🇿 Turizmni rivojlantirish instituti AHLEI (American Hotel & Lodging Education Institute) instituti bilan birgalikda, USAID tashkilotining grant dasturi asosida 2021 yil 5-iyul sanasidan "Mehmondo'stlik sohasida professional bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish" loyihasini boshladi.

🖥 Ma'lumot uchun: Amerika Mehmondo'stlik Instituti (AHLEI) - 65 yildan ko'proq vaqt davomida turizm va mehmondo'stlik sanoati mutaxassislarini o'qitish hamda sertifikatlash bilan shug'illanib kelayotgan global lider hisoblanadi. Uyushmaning shtab-kvartirasi Florida shtatining Orlando shahrida joylashgan. Kompaniyaning ofislari, shuningdek, Lansing, Michigan shtati hamda Hindiston va Xitoyda ham joylashgan. Kompaniyaning keng mahsulot qatoriga DVD-materiallar, darsliklar (bosma va raqamli), onlayn o'qitish tizimlari kiradi.

Loyiha mehmondo'stlik va ta'lim sohasi xodimlarini (o'qituvchilarni) sertifikatlashtirish bo'yicha 4 ta kursdan iborat:

📕Birinchi bosqich - CHSP (Certified Hospitality Sales Professional/Sertifikathga ega mehmondo'stlik savdosi bo'yicha mutaxassis) - kurslari 5-9 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu kursda O'zbekiston Respublikasidagi mehmonxona va joylashtirish obyektlari adminstratorlari ishtirok etishadi. Kurs ishtirokchilarining soni - 15 kishidan iborat. Kursni muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgandan so'ng, ishtirokchilar AHLEI xalqaro bazasiga kiritiladi. Ushbu sertifikat egalari dunyoning istalgan nuqtasida mehmonxona adminstratori bo'lib ishlash huquqiga ega bo'lishadi.

📗 Ikkinchi bosqich - CHE (Certified Hospitality Educator/Sertifikatga ega mehmondo'stlik sohasi bo'yicha murabbiy) - kurslari 19-23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu kursda O'zbekiston Respublikasi, Turizmni rivojlantirish instituti va "Ipak yo'li" xalqaro turizm universitetlarining o'qituvchilari qatnashadilar. Ishtirokchilar soni - 16 kishi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo'lgan ishtirokchilar AHLEI xalqaro bazasiga kiritiladi. Ushbu sertifikat egalari dunyoning istalgan oliy o'quv yurtlarida "mehmondo'stlik" yo'nalishi bo'yicha dars berishlari mumkin.

📘Uchinchi bosqich - CGSP (Certified Guest Service Professional/Sertifikatga ega mehmonlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassis). Ushbu kursda turizm va mehmondo'stlik sohasi, shuningdek restoran biznesi xodimlari ishtirok etishadi. Kurs ishtirokchilarining soni - 16 kishidan iborat. Kursni muvaffaqiyatli tugatib, sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar AHLEI xalqaro bazasiga kiritiladi. Ushbu sertifikat egalariga dunyoning istalgan nuqtasida turizm va mehmondo'stlik sohasida xizmatlar ko'rsatish imkoni beriladi.

📙To'rtinchi bosqich - CHS (Certified Hospitality Supervisor/Sertifikatga ega mehmondo'stlik sohasi noziri). Ushbu kursda 15 nafar sayyohlik korxonalari rahbarlari va menejerlari qatnashishadi. Kursni muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgandan so'ng, ishtirokchilar AHLEI xalqaro bazasiga kiritiladi. Ushbu sertifikat egalariga dunyoning istalgan nuqtasidagi turizm va mehmondo'slik tashkilotida menejer sifatida ishlash imkoni beriladi.

Детали мероприятия
  • Дата: 2021-07-05 09:00:00 - 2021-07-09 15:00:00
  • Взнос:
  • Место расположения:
Комментария

Другие мероприятия