🔹Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
🔹Bugungi kunda festival yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etib, ijodkorlarni bir maydonga jamlamoqda. Qadimiy va betakror tarixga ega Buxoro muhitida rassomlar ilhom olib, yurtimizning go‘zalligi, milliy qadriyatlari va agrar sohadagi yutuqlarni o‘z asarlarida aks ettirmoqda.
🔹Mazkur tadbir tashkilotchilaridan biri — Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
“Go‘zal Vatan” — bu nafaqat festival, balki Vatanimizni sevish, uning go‘zalligini his etish va uni dunyoga namoyon etuvchi muhim ijodiy jarayondir.



