🔹Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuksak ruh va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

🔹Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolari, “Oltin qanot” klubi a’zolari va Xorijiy mehmonlari bilan birgalikda yurtimizning tarixiy va madaniy merosini chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrining muhtasham va betakror maskanlariga sayohat tashkil etildi.

🔹Samarqanddan boshlangan sayohat Buxoroning betakror tarixiy maskanlarida davom etib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Registon, Imom Buxoriy majmuasi va Mirzo Ulug‘bek madrasasi kabi obidalar orqali yoshlar yurtimizning boy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

🔹Mazkur tashabbus ichki turizmni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹E’tiborlisi, ushbu sayohatni tashkil etishda Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti ham tashkilotchilardan biri sifatida faol ishtirok etmoqda.

🔹“Go‘zal Vatan” — bu nafaqat festival, balki yurtimiz go‘zalligini his etish va uni keng targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Comments are disabled.