🗓 2025-yil 26-dekabr soat 15:00 da Turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar instituti huzurida faoliyat yuritayotgan PhD.33/08.05.2024.1.176.01 raqamli Ilmiy kengashda Agzamova Nargiza Gapurovnaning iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Dissertatsiya mavzusi: “Toshkent viloyati misolida qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”

🔍 Ilmiy tadqiqot Toshkent viloyatida qishloq turizmining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini kompleks baholash, sohadagi institutsional va iqtisodiy cheklovlarni aniqlash, shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston”ni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyatga ega taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

✅ Muhokama jarayonida Ilmiy kengash a’zolari dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini har tomonlama baholab, uning PhD ilmiy darajasiga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob berishini ta’kidladilar.

👏 Tadqiqotchiga keyingi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *