19-dekabr kuni Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida Turizm sohasida uzluksiz ta’lim yo’nalishida zamonaviy yondashuvlar, mavjud muammolar va amaliy yechimlarga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy ta’lim hamda turizm sohasidagi expert, mutaxassislari ishtirok etdi.

🎓 Tadbirni institut direktori, PhD, i.f.n. Golisheva Yelena Vyacheslavovna ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekistonda turistik muhitni uzluksiz ta’lim yo’nalishini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

📌 Seminar davomida turizm sohasida uzluksiz ta’lim jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib, insonning butun umri davomida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy mehnat bozori sharoitida uzluksiz ta’lim mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi maktabgacha ta’limdan boshlab oliy va kasbiy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi.
Raqamli texnologiyalar uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, masofaviy va onlayn o‘qishni rivojlantirmoqda.
Uzluksiz ta’lim orqali shaxs o‘z bilimlarini doimiy yangilab, professional va shaxsiy rivojlanishga erishadi.

❗️Mazkur muhokama yakunida ishtirokchilar uzluksiz ta’lim amaliyotlarni yanada rivojlantirish, turizm sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni bildirdilar.

✅ Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti inklyuziv turizm sohasida ilmiy-metodik ishlarini davom ettiradi va mamlakatda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

No comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *